Главная » 2015 » Ноябрь » 16

Huawei 5 daqiqada salkam 50% quvvat oladigan smartfon akkumulyatorlarini namoyish etdi


  • Admin
  • 16 Ноя 2015(13:10)
  • 552
  • 0

Xitoyning Huawei kompaniyasi nihoyatda tez quvvat oladigan yangi akkumulyatorlarni namoyish etdi: 600 mAch sig‘imli batareyaga 50% quvvat olish uchun 2, 3000 mAch sig‘imli (smartfonning odatiy akkumulyatori) batareyaga esa 48% quvvat olish uchun atigi 5 daqiqa kifoya. 


Huawei yangilik faol sinovdan o‘tkazilayotganini ma’lum etib, quvvat bilan ta’minlashning litiyli manbalarini rivojlantirishda inqilob sodir bo‘lishini bashorat qilmoqda. Yangi uslub batareyalarning xizmat qilish muddatiga ta’sir ko‘rsatmasligi ta’kidlanmoqda. Bunchalik hayratlanarli samaradorlikka esa anodda grafit molekulalaridan va geteroatomlardan foydalanish hisobiga erishiladi.

Huawei  hamkorlar bilan mazkur mahsulotni ishlab chiqarish va tarqatish borasida muzokaralar olib borayotgani yangi akkumulyatorlarning bozorda paydo bo‘lishini uzoq kutishga hojat qolmaganidan dalolat bermoqda.

 

Всего комментариев: 0
avatar