Главная » 2015 » Декабрь » 24

Hindistonlik yigit 4 mingta smaylik yordamida WhatsApp’ni “buzish” yo‘lini topdi


  • News
  • 24 Дек 2015(23:29)
  • 514
  • 0

Hindistonlik xavfsizlik tadqiqotchisi Indrajit Bxayyan WhatsApp orqali 4—4,5 mingta emodzidan iborat xabar qabul qilinganida, messenjer yuboruvchi bilan yozishmani davom ettirishni bloklab qo‘yib, qotib qolishini aniqladi.

U bu xatolikni 2014-yildayoq do‘sti bilan birga aniqlagan. O‘shanda maxsus kodirovkada 2 Kb dan ziyod hajmli xabarni yuborish dasturning qotishiga sabab bo‘lishi ma’lum bo‘lgandi. WhatsApp dasturning keyingi yangilanmasida xabardagi belgilar sonini cheklash orqali bu xatolikdan qutuldi. Biroq kompaniyadagilar uzun xabar emodzilar yordamida terilishi mumkinligini hisobga olmadi.

2015-yil dekabrida Bxayyan messenjerda xabar yuborish maydoniga 4—4,5 mingta smaylik terish dastur ishini sekinlashtirishini, bunday xabarni qabul qilish esa dasturning qotib qolishi va yopilishiga olib kelishini aniqladi. Uni WhatsApp’ning veb-versiyasi orqali yuborish mumkin, u yerda matn hajmi 6500—6600 ta belgi bilan cheklangan (mobil qurilmalar uchun mo‘ljallangan dasturlar esa bir necha yuzta emodzi tergandayoq qotib qolishni boshlaydi).

Yuboruvchi o‘zi jo‘natgan minglab emodzilarni o‘chirib tashlasagina, dastur qotishdan to‘xtashi mumkin. Xavfsizlik tadqiqotchisi fikricha, bunday xatolikdan avvalroq tasodifan jo‘natib yuborilgan nomaqbul xabarlar o‘qilishining oldini olishda foydalanish mumkin.

Bxayyan WhatsApp’ni vaziyatdan xabardor etganini aytdi va keyingi yangilanmada kamchilikka nuqta qo‘yilishiga umid bildirdi.

loading...
Всего комментариев: 0
avatar