Главная » 2015 » Февраль » 14

Ikkinchi turmushida xiyonatda ushlangan aktrisa


  • Admin
  • 14 Фев 2015(22:11)
  • 6809
  • 0

GAP EGASINI TOPADI...TOPGANDA HAM QANDOQ?!  
Ikkinchi marta boy erga turmushga chiqqan aktrisani eri  “o‘ynash”i bilan ushlab olgach, u bilan ajrashdi. Erining “pulini sog‘ib” yurgan vijdonsiz aktrisa ko‘ngilxushlikni turmush sadoqatidan ustun qo‘ydi. Ana shundaylar, san’at ahliga nisbatan “suyuqoyoq” degan sovuq munosabatlarga sabab bo‘ldi. Elda bir ajoyib naql bor: “Tirraqi buzoq podani buzadi!”  
Qosh-ko‘zini bo‘yashni biladi-yu, tafakkurini bilim bo‘yoqlari bilan bo‘yashni unutgan bu aktrisa ancha rollari orqali tanilishga ulgurgan. Xorijda yashab, turmush o‘rtog‘idan ajrashib qaytgandi. Toshkentda boy er topib, ikkinchi marta oila ham qurdi. Uy-joy, qimmat avtomashina...hammasiga ega bo‘ldi. Turmush o‘rtog‘i unga nisbatan xiyonatini payqab, izini poyladi va shubhalari shubha emasligiga amin bo‘ldi. Xushtori bilan ushlagach, ajrashishga qaror qildi. Ijtimoiy tarmoqlarda esa aktrisa ko‘ngilxushlik qilib yurgan yigiti bilan birga tushgan “do‘stona” suratlarini “reklama” qilishni ham unutmayapti. Bundaylar turmush sadoqatini, oila muqaddasligini qaerdan ham bilsin!?
Bir necha yuz dollarga ichki kiyimini reklama qilib, kibrlanadigan, labini yorilib ketadigan darajada shishirgan xonanda ona shahri haqida klip olishga kelganda,  “moliyaviy ahvoli chatoq” ekanini bahona qildi! Shunaqasi ham bo‘ladimi? Ha, bo‘larkan!
Bu maqtanchoq xonandadan ko‘pchilik bezor. Uni adminstratorlari ham chuv tushirib ketadi. To‘y-po‘yga borsa, yonida disk qo‘yib yuradiganlari ham. Chunki, unga hech kim ishonmaydi. Eski chorig‘ini unutib qo‘ygan bu makrli qo‘shiqchi lof urushni juda xush ko‘radi shekilli, o‘zidan “boyxonim” yasab olgan. Haq gapni betiga aytsangiz, yig‘i-sig‘i qilib berishga ham usta.
Uni xalq mashhur qilganini, taniqlilik bobida hatto Yulduz Usmonovani ham mensimaydigan “yasama qo‘g‘irchoq” kabi sun’iy basharaga ega bu xonanda hamkasblari bilan uchrashib qolguday bo‘lsa, “g‘iybat o‘chog‘i”ni quradi. Xalq tanitgan deydi-yu, xalq koriga qachon yaraganini eslarmikan? “Taqir-tuqur” ijodini falon gonorarga narxlab, to‘ydan tergan pulini labini shishirib turishga sarflagunicha, biron jo‘yaliroq qo‘shiqlar kuylasa, topayotgan pulini halolagan bo‘larmidi?
Xulqini gapirmasa ham bo‘ladi. Insof bermasa, qiyin ekanda, a?!

loading...
Всего комментариев: 0
avatar