Главная » 2015 » Октябрь » 3

Ilon Mask Marsni ikki termoyadroli quyosh bilan yoqmoqchi


  • News
  • 04 Окт 2015(00:01)
  • 736
  • 0
Ilon Mask Mars sayyorasi iqlimini yashash tarziga aylantirish maqsadida ikki termoyadroli quyosh bilan yoqmoqchi. Olim va biznesmen sayyoraning ikki qutbini ikki tomondan quyoshlar yordamida yoqishni tavsiya etdi.

Mashable muxbiri Ilon Mask bilan 2-oktabr, juma kuni Nyu-Yorkda SolarCity kompaniyasi tomonidan o‘tkazilgan marosimda uchrashdi. Muxbir biznesmen bilan NASA’ning Mars sayyorasida sho‘r suv topgani va olimning sayyora iqlimini o‘zgartirishga qaratilgan termoyadroli portlash haqidagi mulohazasi bo‘yicha suhbatlashgan.

Olim Marsda termoyadroli portlashni amalga oshirsa bo‘ladi, deb hisoblagan. Ilon Mask buni sayyoraning qutblarida amalga oshirish lozimligi, natijada portlashlar oqibatida quyoshlar hosil bo‘lishini aytib o‘tgan. Kuzatuvchilarning fikricha, Mars quyoshlari kattaroq bo‘ladi. Ammo olim ular sayyoraga hech qanday falokat olib kelmaydi, deb hisoblamoqda.

Теги: Ilon Mask Marsni ikki termoyadroli

Всего комментариев: 0
avatar