Главная » 2015 » Июль » 28

Indoneziyada sutka mobaynida ikkinchi kuchli zilzila sodir bo‘ldi


  • Admin
  • 28 Июл 2015(18:32)
  • 369
  • 0

Indoneziyaning sharqiy qismida Rixter o‘lchovi bo‘yicha 5,1 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Zilzila sunamiga olib kelgani yo‘q. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

 

Yerosti silkinishining episentri janubi-sharqiy Sulavesidagi shimoliy Konave tumanidan 78 kilometr uzoqlikda bo‘lgani qayd etildi. Jabrlanganlar hamda vayronagarchiliklar haqida hozircha xabar berilmagan. Oldinroq AQSh geologik xizmati (USGS) Indoneziyada 7,0 magnitudali zilzila ro‘y bergani haqida ma’lum qilgan edi.

loading...
Всего комментариев: 0
avatar