Главная » 2016 » Февраль » 15

Instagram’dagi xato tufayli foydalanuvchilar birovlarning xabarlarini o‘qish imkoniyatiga ega bo‘ldi


  • voydodaxek
  • 15 Фев 2016(23:22)
  • 443
  • 0

Instagram fotoxostingi bir nechta akkauntlarni tez-tez almashtirib ishlash imkoniyatini taqdim etganidan so‘ng yuzaga kelgan texnik xato tufayli ayrim foydalanuvchilar begona akkauntlarning xabarlarini ko‘ra boshlagan. Android Central’ning 15-fevral kuni xabar qilishicha, dasturni umumiy nuqtadan yoki gadjetdan ishlatadigan foydalanuvchilar beixtiyor bir-birining akkauntidagi shaxsiy ma’lumotlarga kirish imkoniyatiga ega bo‘lib qolgan.

Aniqlanishicha, agar ikki foydalanuvchi umumiy foydalanish uchun uchinchi bir akkauntni ochsa, dastur ularni chalkashtirib yubormoqda, buning natijasida foydalanuvchilar o‘z sheriklariga mo‘ljallangan xabarlarni ham olmoqda.

Begona xabarni ochishga harakat qilganida foydalanuvchi o‘zining shaxsiy akkauntiga o‘tkazib yuboriladi. Ammo yetkazilgan bildirish xatida shaxsiy yozishmalar va xabarlarning bir qismi aks etadi.

Instagram vakillari nosozlik aniqlanganligini tasdiqladi. Ayni paytda kompaniyada uni bartaraf qilish ustida ish olib borilmoqda.

Теги: Instagram’dagi xato tufayli foydala

Всего комментариев: 0
avatar