Главная » 2015 » Сентябрь » 26

iPhone 6s’ni qayirib, tirnab, yondirib, sindirib sinab ko‘rishdi


  • News
  • 26 Сен 2015(13:25)
  • 902
  • 0

An’anaga ko‘ra, iPhone’ning yangi avlodi chiqishi bilan, uni turli usullar bilan sinab ko‘ra boshlashdi. Nashr ulardan ba’zilarini keltirib o‘tdi. 

TechSmartt portali testi iPhone 6s va iPhone 6s Plus avvalgi avlod qurilmalariga nisbatan qulashdan ancha yaxshiroq himoyalanganini ko‘rsatdi.Har ikkala smartfon ham shim cho‘ntagi va quloq sathidan tashlab yuborilganida omon qoldi, korpuslari ahamiyatsiz darajada tirnaldi, xolos. Biroq yuqoriga cho‘zilgan qo‘ldan tushgan 6s’ning displeyi darz ketdi, 6s Plus esa eksperiment stul ustiga chiqib takrorlanganida ham zararsiz qoldi. 

PhoneBuff o‘tkazgan shunga o‘xshash tekshiruv esa iPhone 6s va 6s Plus’ni yuqori bo‘lmagan balandlikdan ham ekrani bilan pastga tashlasa, bemalol sindirish mumkinligini ko‘rsatdi. Orqasi bilan tushganida esa qurilma deyarli ziyon-zahmatsiz qoladi. 

FoneFox’dagilar esa smartfonlarni egishga urinib ko‘rdi, biroq ular iPhone 6 va iPhone 6 Plus’dan ancha mustahkam ekanligini aniqladi. 6s Plus’ni ikkinchi odam yordamidagina bukishga muvaffaq bo‘lishdi. 

JerryRigEverything YouTube kanali tekshiruvi 6s’ning korpus va displeyini kalit va boshqa metall buyumlar bilan osongina tirnash mumkinligini isbotladi. Muallif, shuningdek, smartfonni qo‘llari bilan ega oldi. iPhone 6s ochiq olovga tekkizilganida ham omon qoldi.

Загрузка...
Всего комментариев: 0
avatar