Главная » 2015 » Сентябрь » 12

iPhone 6S. Yangi «iPhone» da barcha narsani o‘zgartirishdi! (foto)


  • News
  • 12 Сен 2015(17:47)
  • 2905
  • 0

iPhone 6S va 6S Plus ni kutib olamiz va yangi «pushti tilla» rangga ko‘nikamiz.
Apple kompaniyasi Bosh direktorining «Biz yangi „iPhone“ da barcha narsani o‘zgartirdik!» — degan so‘zlariga qaramay, uning tashqi ko‘rinishida o‘zgarishlar deyarli yo‘q. Albatta, faqatgina korpusning yangi «pushti tilla» rangga ham ega bo‘lganini hisobga olmasak.


Kutib oling, iPhone 6S va 6S Plus. Eng ko‘zga tashlanarli yangilik — bu yangi «pushti tilla» rangli talqin. Arzirli yangiliklarga shuningdek, yangi ekran va butunlay yangi alyuminiyli korpusni kiritishimiz mumkin. Ekranni yangi innovatsion lon-X (dual ion exchange) texnologiyasida yaratishdi. Yo‘q, bu baquvvat yoqut tosh emas, lekin ekran oynasi o‘z ajdodidan ancha chidamli yaratilgan.

 


Yangilangan ekran bosish kuchini qo‘llab-quvvatlaydi va 3D Touch deb nomlanadi. «Peek and Pop» deb nomlanuvchi yangi qo‘l harakati paydo bo‘ldi. Qo‘l imo-ishorasi yordamida mobil dasturlar bilan ishlasa bo‘ladi. Masalan, dastur ikonkashini kuch bilan bosasiz va amalni tanlaysiz (kompyuter sichqonchasining o‘ng tugmasidagi kabi). Bosish kuchi va yangi navigatsiya, smartfonning imkoniyatlarini ancha ko‘paytiradi va foydalanish uchun qulaylashtiradi. Bizning fikrimizcha, iPhone imkoniyatlarini o‘rgatish bo‘yicha maxsus kurs ochish vaqti kelganga o‘xshaydi.

 

 


Кamerа! Surat sifati va tasvirga olish jarayoni soddaligining yangi bosqichiga o‘tamiz. Buni yangi smartfonda 12 megapikselli iSight kamerasi ta‘minlab beradi. Ranglar uzatilishi nisbatan yaxshilandi (balki filtrlarda kontrastni kamroq ishlatarmiz?). Apple haqiqatdan kameraning suratga olish qobiliyatiga katta e‘tibor qaratadi. Bunday olib qaraganda, kompaniya foydalanuvchi ko‘rishni istagan chiroyli va yorqin suratlar olinishini ta‘minlaydigan, dasturiy mahsulot va maxsus texnologiyalarga ega aqlli kamerani yaratgan.

 

 


Video suratga olish rejimi 4K sifatida (Full HD dan ikki barobar sifatliroq) suratga olish imkoni bilan boyitildi. Nega, nima uchun degan savollarga to‘xtalib o‘tirmay, faqatgina, nikoh to‘ylarini yoki telefonga suratga olishni xushlovchilar juda xursand bo‘ladilar, deb qo‘ya qolamiz. Kameraga olingan suratlar bilan Apple kompaniyasining saytida tanishish mumkin.

 

 


Oldingi kamera (FaceTime Camera) 5 megapiksel va suratga olish vaqtida, yuzni yoritish maqsadida yorqinlashadigan ekranga ega bo‘ldi. Eng muhimi va qiziqarlisi — bu «tirik» suratlarni yaratish imkoniyatidir. Ya‘ni, animatsiyali tasvirlar tushirish mumkinligi hisoblanadi.

 

 


Aloqa va simsiz texnologiyalar: LTEning 23 chastotasi qo‘llash imkoniyati, ikki barobar tezroq Wi-Fi va LTE tezligi. Endi yangilikning quvvati va kuchiga keladigan bo‘lsak, smartfon A8 dan 70% tezroq bo‘lgan, A9 protsessori bilan chiqariladi.

 

 


Grafika oddiy iPhone 6 bilan solishtirganda 90% ga tezroq yaratilgan.

 

 


Shuningdek, biometrik datchik ham yangilangan. Endi u Touch ID 2 nomini olgan bo‘lib, tarjima qilinganda «Kuchliroq va aniqroq» (to‘liq aytadigan bo‘lsak, ikki barobar tezroq) ma‘nosini beradi.

 

 


Yangi aksessuar — iPhone rangidagi dok-stansiya. Katta ofis stolida o‘tiradiganlar uchun ajoyib yechim.

 

 


iPhone 6S va 6S Plus sotuvga 25 sentyabr kuni chiqadi. Bu hazil emas. «Google Play» da yaqin kunlarda «Apple» ning Androiddan iOSga migratsiyani ta‘minlovchi mobil dastur yuklanadi. Nahotki bu dasturni «Google Play» dan o‘chirib tashlashmasa?

 

Теги: iPhone 6S. Yangi «iPhone» da barcha

Всего комментариев: 0
avatar