Главная » 2016 » Март » 18

iPhone 7’ning suratlari boshqa qurilmaga tegishli bo‘lib chiqdi


  • News
  • 18 Мар 2016(12:10)
  • 590
  • 0
Xitoyning Bastille Post va Weibo manbalari e’lon qilgan yangi iPhone 7’ning suratlari hali taqdim etilmagan boshqa smartfon — Meizu Pro 6’ning fotosuratlari bo‘lib chiqdi.

Avvalroq e’lon qilingan xabarda ushbu suratlarga tayangan holda, iPhone 7’ning orqa panelida antennalar uchun mo‘ljallangan yo‘l-yo‘l chiziqlar yo‘qligi, ular ustki va pastki qirralarga joylashtirilgani aytilgan edi. Endi iPhone antennalari joylashgan joydagi qopqoqchalar yettinchi versiyada ham o‘z joyida qolishi taxmin etilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Xitoyning Bastille Post manbasi e’lon qilgan yangi rasmlar iPhone 7’da qo‘sh kamera mavjudligini tasdiqlagan edi.

Kunning boshqa qiziqarli yangiliklarini Telegram messengeridagi Official canalimiz @VOYDODATVda kuzatib boring!
loading...
Всего комментариев: 0
avatar