Главная » 2015 » Декабрь » 30

iPhone 7c haqida yangi tafsilotlar tarqaldi


  • News
  • 30 Дек 2015(18:11)
  • 1448
  • 0
Yangi 4 dyuymli iPhone 7c yanvarda ishlab chiqarila boshlaydi.

Apple smartfonlarini shartnoma bo‘yicha yig‘uvchi Foxconn kompaniyasi xodimlari iPhone 7c iPhone 5s’ga juda o‘xshash bo‘lishini ma’lum qildi. Qurilma 1642 mA/s sig‘imli akkumulyator, Apple A9 protsessori, 2,5D shishali botiq ekran, barmoq skaneriga ega bo‘ladi.

Avvalroq iPhone 7c 2016-yilning aprel oyida chiqarilishi ma’lum bo‘lgan edi. Bundan tashqari, uning 4 dyuymli ekrani 1136×640 pikselli bo‘lishi, asosiy kamerasi 8 megapikselli, tezkor xotirasi 2 Gb bo‘lishi, ichki xotirasi 16 Gb dan boshlanishi haqida xabar tarqalgan edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Apple kompaniyasi iPhone 7’ni Amerika patent byurosida rasman ro‘yxatdan o‘tkazgani xabar qilingan edi.
Всего комментариев: 0
avatar