Главная » 2015 » Октябрь » 4

iPhone’dagi ko‘p pul “yeydigan” funksiya ma’lum bo‘ldi


  • News
  • 04 Окт 2015(14:03)
  • 1278
  • 0
Apple iPhone smartfonida foydali bo‘lib tuyuladigan, aslida esa ancha zararli bo‘lgan funksiya bor.

Agar mobil internetingiz cheksiz bo‘lmasa, ushbu funksiyani o‘chirib qo‘yish tavsiya etiladi. Aks holda kattagina xarajat kelib chiqadi. Bunda gap Wi-Fi Assist (“Wi-Fi yordam”) funksiyasi haqida bormoqda, u iPhone 6/6s/5/5s’da yoniq holda bo‘ladi.

Ushbu funksiya iPhone Wi-Fi interneti tezligi yetarli emas, deb hisoblasa, 3G yoki 4G’ga avtomatik ravishda o‘tishi uchun mo‘ljallangan. Natijada hisobingizdagi pul katta tezlik bilan sarf bo‘lib ketadi. Buning oldini olish uchun telefon sozlamalariga kirib, “Uyali aloqa” bandini tanlang. U yerda “Wi-Fi yordam” funksiyasini topib, uni o‘chiring.

Теги: iPhone’dagi ko‘p pul “yeydigan” fun

Всего комментариев: 0
avatar