Главная » 2015 » Ноябрь » 16

iPhone foydalanuvchisi telefondagi ko‘p pul “yeydigan” funksiya tufayli Apple’dan 5 mln dollar talab qildi


  • Admin
  • 16 Ноя 2015(19:37)
  • 563
  • 0
iPhone foydalanuvchisi Apple kompaniyasini sudga berib, undan bir necha million dollarlik tovon puli talab qildi.

AQShning Arizona shtatida yashovchi Vilyam B. Kottrell arizasida yozishicha, iOS 9 operatsion tizimida mobil trafik chiqimi sezilarli darajada ko‘paygan. Bunga yangi “Wi-Fi yordam” funksiyasi sabab bo‘lgan. Ushbu funksiya iPhone Wi-Fi interneti tezligi yetarli emas, deb hisoblasa, 3G yoki 4G’ga avtomatik ravishda o‘tishi uchun mo‘ljallangan.

U 3G yoki 4G’ga o‘tish noaniqligini ta’kidladi. Shuningdek, u kompaniya mobil trafik sarflanishi natijasida yuzaga keladigan xarajat qanchalik katta bo‘lishi haqida ataylab foydalanuvchilarni xabardor qilmasligini aytmoqda. Shu tufayli u 5 million dollar tovon puli talab qildi.

Eslatib o‘tamiz, agar mobil internetingiz cheksiz bo‘lmasa, ushbu funksiyani o‘chirib qo‘yish tavsiya etiladi. Aks holda kattagina xarajat kelib chiqadi. Bunda gap Wi-Fi Assist (“Wi-Fi yordam”) funksiyasi haqida bormoqda, u iPhone 6/6s/5/5s’da yoniq holda bo‘ladi.

Hisobingizdagi pul katta tezlik bilan sarf bo‘lib ketishining oldini olish uchun telefon sozlamalariga kirib, “Uyali aloqa” bandini tanlang. U yerda “Wi-Fi yordam” funksiyasini topib, uni o‘chiring.
Всего комментариев: 0
avatar