Главная » 2015 » Ноябрь » 25

Ispaniya bosh vaziri — “Barselona” prezidentiga: “Siz bizdan kuchliroqsiz”


  • News
  • 25 Ноя 2015(08:42)
  • 364
  • 0
Ispaniya hukumati raisi Mariano Raxoy fikricha, ayni paytda “Barselona” Madridning “Real” jamoasidan kuchliroq.

Raxoy jamoalarning mamlakat chempionati 12-turi doirasidagi o‘yini chog‘ida shaxsan Kataloniya klubi prezidenti Xosep Mariya Bartomeuga aytdi. “Siz bizdan kuchliroqsiz”, — dedi Raxoy “Barselona” Keylor Navas darvozasiga uchinchi golini urganidan so‘ng.

“Real” asosiy raqibini o‘z maydonida qabul qilgan va 0:4 hisobida tor-mor keltirilgan edi. Shundan keyin ko‘pchilik “Real” murabbiyi Rafael Benites o‘z vazifasida qolishiga shubha qila boshladi, biroq klub prezidenti Florentino Peres murabbiyga nisbatan ishonch bildirdi.

Теги: Ispaniya bosh vaziri — “Barselona”

Всего комментариев: 0
avatar