Главная » 2016 » Январь » 20

Ispaniya va Amerikaga uyushtirilgan sayohat xonanda Lolani butunlay boshqa insonga aylantirdi


  • News
  • 20 Янв 2016(23:51)
  • 409
  • 0
Xonanda Lola (Yo‘ldosheva) 2015-yil yozida xorijiy davlatlarga amalga oshirgan sayohatlari uning qarashlariga jiddiy ta’sir qilganini aytib o‘tdi.

“Hayotda sababsiz hech narsa bo‘lmas ekan. Har bir kichik sayohat ham insonni qalban o‘zgarishiga sabab bo‘lishi mumkin. 2015-yil yozida tashvishlardan dam olish uchun shunchaki sayohatga chiqqan edim. Biroq bu sayr meni umuman boshqa Lolaga aylantirdi”, — dedi xonanda.

“Masalan, Ispaniyada bo‘lgan vaqtimda men oddiy o‘smir qizga aylandim. Singlim bilan birga hamma narsani unutib, xarita yordamida sayohat qildik. Qisqa vaqt ichida turli shaharlarning diqqatga sazovor maskanlarini aylanib chiqdik. Undan keyingi manzilimiz AQSh bo‘ldi”, — dedi Lola.

“U yerda men 1,5 yildan buyon uchrashmagan singlim Anora bilan ko‘rishdim. Bolaligimizda bir-birimizni ko‘rmasak turolmasdik. Ana o‘sha daqiqalarda oilaning qadri, yaqinlarning diydori qanchalik muhim ekanligini, qolgan narsalar esa oddiy muammolar ekanligini sezdim”, — dedi xonanda.

“Yozgi ta’tildan qaytganimda esa ish rejamni butunlay o‘chirib, birinchi o‘ringa oilani qo‘ydim. Yangi qo‘shiq, klip chiqarishim shart, konsertga tayyorgarilik ko‘rish vaqti keldi, degan o‘ylarni o‘chirib tashlab, oila davrasidagi har bir lahzadan zavqlanishni o‘rgandim”, — deya qo‘shimcha qildi Lola.
Загрузка...
Всего комментариев: 0
avatar