Главная » 2015 » Июль » 28

“Istiqlol” saroyida o‘tkaziladigan konsertlardagi qo‘shiqlarning kamida 60 foizi jonli ijro etilishi ma’qullandi


  • Admin
  • 28 Июл 2015(18:26)
  • 427
  • 0

“O‘zbeknavo” estrada birlashmasida Milliy estrada san’atini rivojlantirish va muvofiqlashtirish kengashining joriy yil olti oyi yakunlari bo‘yicha hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Birlashma matbuot xizmati xabar bermoqda.

 

Unda Kengash a’zolari, Birlashma xodimlari, Estrada san’atini rivojlantirish jamg‘armasi vakillari hamda jurnalistlar ishtirok etdi.

Ma’lumki, O‘zbekistondagi tele va radiokanallarda efirga uzatilayotgan, kafe va restoranlarda monitorlar orqali namoyish etilayotgan, o‘zbek milliy mentalitetiga to‘g‘ri kelmaydigan kliplar, ko‘rsatuvlar va eshittirishlarni bartaraf etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan joriy yil 15-iyunda maxsus Harakat dasturi tasdiqlangan. Ushbu Harakat dasturida Milliy estrada san’atini rivojlantirish va muvofiqlashtirish Kengashi huzurida yagona Badiiy kengash tuzish vazifasi belgilangan bo‘lib, yig‘ilishda mazkur Badiiy kengash Nizomi tasdiqlandi va Vazirlar Mahkamasiga yuborishga kelishildi.

Bundan tashqari “Istiqlol” san’at saroyida o‘tkaziladigan konsert dasturlaridagi qo‘shiqlarning kamida 60 foizi jonli ijro etilishini ko‘zda tutuvchi me’yoriy-huquqiy hujjatni ishlab chiqish taklifi ham Milliy estrada san’atini rivojlantirish va muvofiqlashtirish kengashi a’zolari tomonidan bir ovozdan ma’qullandi.

Kengash hamda “O‘zbeknavo” estrada birlashmasining 2015-yilning o‘tgan olti oyidagi faoliyati qoniqarli deb topildi.

Всего комментариев: 0
avatar