Главная » 2015 » Июль » 25

Iyun oyida dunyo bo‘yicha eng ko‘p sotilgan smartfonlar reytingi e’lon qilindi


  • News
  • 25 Июл 2015(15:04)
  • 740
  • 0
Counterpoint Technology Market Research tadqiqotchilik kompaniyasi 2015-yil iyun oyi yakunlariga ko‘ra, dunyoda eng xaridorgir smartfonlar o‘ntaligini taqdim etdi.

Reytingda ketma-ket o‘ninchi oy iPhone 6 smartfoni yetakchilik qildi. Ikkinchi o‘rinni iPhone 6 Plus, uchinchi pog‘onani esa Galaxy S6 egalladi.

Ta’kidlash joiz, Counterpoint reytingiga Sony, HTC va Nokia kabi taniqli kompaniyalarning smartfonlari kirmadi.

Iyun oyida eng ko‘p sotilgan smartfonlar o‘ntaligi quyidagicha:

1. iPhone 6
2. iPhone 6 Plus
3. Galaxy S6
4. Galaxy S6 Edge
5. iPhone 5S
6. Xiaomi Mi Note
7. Galaxy S5
8. Galaxy Note 4
9. Xiaomi Redmi 2
10. LG G4

Manba: Daryo.uz

Теги: Iyun oyida dunyo bo‘yicha eng ko‘p

Всего комментариев: 0
avatar