Главная » 2015 » Сентябрь » 9

Jahonda ilon zahriga qarshi samarali dori vositalari zaxirasi yakuniga yetmoqda


  • News
  • 09 Сен 2015(09:17)
  • 615
  • 0
Ilon zahriga qarshi samarali dori vositasining yo‘qligi sabab, Sahroi Kabirdan janubda joylashgan mamlakatlarda yaqin yillarda o‘n minglab odamlar ilon chaqishidan vafot etishi mumkin. Bu haqda, “Interfaks” xabariga ko‘ra, “Chegara bilmas shifokorlar” tashkiloti ma’lum qilgan.

Bir vaqtning o‘zida 10 ta turli ilon chaqishini zararsizlantira oladigan hozirgi vaqtda eng samarali hisoblangan Fav-Afrique dori vositasining so‘nggi partiyasi 2016-yilning iyun oyida yakuniga yetadi, unga munosib o‘rinbosar esa yo‘q. Dorini ishlab chiqaruvchi Sanofi Pasteur kompaniyasidan ma’lum qilishlaricha, uni zaharga qarshi nisbatan arzon va sifatsiz dorilarni tarqatish orqali bozordan siqib chiqarishgan.

“Ilon hujumiga uchragan ko‘plab odamlar ularni aynan qaysi turdagi ilon chaqqanini aniq bilmaydi, shu sababli ham bir vaqtning o‘zida bir necha turdagi ilon zahriga qarshi kurasha oladigan dori vositasining bo‘lishi muhim ahamiyatga ega”, — dedi “Chegara bilmas shifokorlar” tashkiloti xodimi Polli Markandia.

Ma’lumotlarga ko‘ra, har yili ilonlar jahon bo‘ylab 5 millionga yaqin kishini chaqib oladi. Natijada ularning 100 ming nafari vafot etаdi, 400 mingi esa umrbod nogiron bo‘lib qoladi. Sahroi Kabirdan janubda joylashgan mamlakatlarda esa ilon chaqishidan har yili 30 ming nafargacha odam halok bo‘ladi, ilon zahri sabab 8 ming kishining qo‘l yoki oyog‘i kesib tashlanadi.

Теги: Jahonda ilon zahriga qarshi samaral

Всего комментариев: 0
avatar