Главная » 2015 » Сентябрь » 25

Jahonning 10 mamlakatida iPhone 6s savdolari boshlandi


  • News
  • 25 Сен 2015(20:15)
  • 533
  • 0
Jahonning 10 ta mamlakatida 25-sentabr, juma kuni Apple’ning yangi smartfonlari — iPhone 6s va iPhone 6s Plus savdolari boshlandi.

Kamerasi yaxshilangan, ishlab chiqarish quvvati oshgan va sensor ekranga bosilgan kuchni aniqlash texnologiyasi bilan ta’minlangan smartfonni Avstraliya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Kanada, Xitoy, Yangi Zelandiya, Singapur, Fransiya, Yaponiya v AQSh, shuningdek, Gongkong va Puerto-Riko aholisi birinchilardan bo‘lib xarid qilishi mumkin.

AQShda iPhone 6s aloqa operatori bilan imzolanadigan ikki yillik shartnomadan kelib chiqqan holda, ichki xotirasining hajmiga qarab, 199 dollardan 399 dollargacha sotilmoqda. Nisbatan katta ekrani bilan ajralib turuvchi iPhone 6s Plus’ning narxlari esa 100 dollarga qimmat.

Apple vakillarining oldindan berilgan buyurtmalarga asoslanib ma’lum qilishicha, dastlabki dam olish kunlarida yangi smartfonlar savdosi 10 million donadan oshib ketishi mumkin. Bu esa 2014 yili iPhone 6 savdolari vaqtida o‘rnatilgan rekorddan yuqori ko‘rsatkichdir.

Теги: Jahonning 10 mamlakatida iPhone 6s

Всего комментариев: 0
avatar