Главная » 2016 » Март » 19

Janubiy Koreya prokuraturasi Volkswagen’ning mamlakatdagi texnik nazorat punktida tintuv o‘tkazdi


  • News
  • 19 Мар 2016(08:28)
  • 238
  • 0
Janubiy Koreya prokuraturasi 18-mart, juma kuni poytaxt Seuldan 70 kilometr janubda joylashgan Pxyontxek shahridagi Volkswagen AG kompaniyasi texnik nazorat punktida tintuv o‘tkazdi.

Prokuratura avtomobillar sotuvdan avval tekshiruvdan o‘tkaziladigan mazkur punktda kompyuter qattiq disklari va tashlanmalar tahliliga oid hujjatlarni olgan. Volkswagen va Audi modellarining turli nusxalaridan iborat to‘rtta avtomobil esa gaz tashlanmasi darajasini aniqlash uchun Janubiy Koreya ekologik tadqiqotlar institutiga yuborilgan. Prokuratura Volkswagen AG mashinalari Janubiy Koreya standartlariga javob berishi uchun ko‘rsatkichlarga o‘zgartirish kirituvchi qurilmalardan foydalangan yoki yo‘qligini aniqlash niyatida ekani bildirilmoqda.

O‘tgan oyda kompaniyaning Seuldagi ofisida ham shunday tintuv o‘tkazilgan va bu yerdagi ayrim xodimlarga tekshiruv yakunlanguncha mamlakatni tark etish taqiqlangandi. Bir necha hafta oldin esa Volkswagen Janubiy Koreya hukumatiga shu yil aprelidan boshlab mamlakatdan 125 ming dona avtomobilni qaytarib olish rejasini taqdim etgan.

Kunning boshqa qiziqarli yangiliklarini Telegram messengeridagi Official canalimiz @VOYDODATVda kuzatib boring!

Теги: Janubiy Koreya prokuraturasi Volksw

Всего комментариев: 0
avatar