Главная » 2015 » Ноябрь » 5

Janubiy Koreyada bitta filmni 1 soniyada yuklab olish imkonini beruvchi 5G tarmog‘i ishga tushiriladi


  • News
  • 05 Ноя 2015(14:39)
  • 565
  • 0
Janubiy Koreyadagi eng yirik aloqa operatori — SK Telecom kompaniyasi dunyoda birinchi bo‘lib 5G standartidagi tarmoqni ishga tushirmoqchi.

Ayni paytda Janubiy Koreyadagi foydalanuvchilar 4G tarmog‘iga ega, va ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha mamlakat dunyoda yetakchilik qilmoqda.

SK Telecom Samsung, Nokia, Intel va Ericsson bilan hamkorlikda beshinchi avlod tarmoqlari sohasidagi ishlab chiqishlar uchun mo‘ljallangan markazni ochdi. Ochilish marosimida yangi texnologiya namoyish etildi, u hozirda mavjud ko‘rsatkichlardan ming marta kattaroq bo‘lgan 19,1 Gbit/soniya tezlikdagi simsiz aloqani ta’minlaydi.

2 gigabaytli filmni bunday tezlikda bir soniya ichidayoq yuklab olish mumkin. Tarmoq sinov rejimida 2017-yilda ishga tushiriladi.
Всего комментариев: 0
avatar