Главная » 2015 » Ноябрь » 25

Jastin Biber Billboard reytingidagi qo‘shiqlari soni bo‘yicha The Beatles rekordini yangiladi


  • News
  • 25 Ноя 2015(08:47)
  • 544
  • 0
Jastin Biber Billboard jurnali top-yuztaligidan bir paytning o‘zida o‘rin olgan qo‘shiqlari soni bo‘yicha rekord o‘rnatdi: nashrning yangilangan reytingiga 21 yoshli xonandaning 17 ta qo‘shig‘i kirdi.

Oldingi rekord 1964-yil aprelida Billboard Hot 100 ro‘yxatiga 14 ta qo‘shig‘i bilan kirgan afsonaviy The Beatles guruhiga tegishli edi. 2015-yili kanadalik reper Dreyk ikki bor (7-mart va 17-oktabrdagi chartlarda) ularning muvaffaqiyatini takrorlagan.

Biberning Purpose nomli yangi albomi 13-noyabrda sotuvga chiqdi va darrov Billboard 200 chartida birinchi o‘rinni egalladi. Albomdagi deyarli barcha qo‘shiqlar Billboard Hot 100 xit-paradidan o‘rin oldi. Eng yuqori — 2-o‘rin Sorry, eng qo‘yi — 98-o‘rin esa Trust qo‘shiqlariga tegishli bo‘ldi.
Всего комментариев: 0
avatar