Главная » 2015 » Октябрь » 15

Jastin Biberning yangi albomi musulmon mamlakatlarida taqiqlandi


  • News
  • 15 Окт 2015(13:57)
  • 656
  • 0
Kanadalik qo‘shiqchi Jastin Biberning 2015-yilning oxiriga qadar chiquvchi Purpose albomi islom dini keng tarqalgan mamlakatlar, jumladan Yaqin Sharq va Indoneziyada taqiqlandi.

Ma’lum qilinishicha, qo‘shiqchi plastinkasi muqovasidagi surat munozaralarga sabab bo‘lgan. Unda Biber yalang‘och ko‘kragida xoch surati tushirilgan holda tasvirlangan.

Muqova provokatsion mazmunga ega deb topilganligi sababli hozirda Biberning jamoasi musulmon mamlakatlari uchun uning muqobil variantini o‘ylab topishga harakat qilmoqda. Suratga qayta ishlov berish-berilmasligi hozircha noma’lum.
Загрузка...
Всего комментариев: 0
avatar