Главная » 2015 » Ноябрь » 11

Javohir Zokirov “Moskvoboddan qochish” filmidagi roli uchun Rossiyadagi festivalda diplomga ega bo‘ldi


  • News
  • 11 Ноя 2015(12:34)
  • 525
  • 0
O‘zbekistonlik mashhur aktyor Javohir Zokirovga “Moskvoboddan qochish” (“Pobeg iz Moskvabada”) filmidagi ijrosi uchun “Probujdeniye” Butunrossiya kinofestivalida eng yaxshi bosh rol ijrochisi yo‘nalishida diplom topshirildi.

Ma’lum bo‘lishicha, ushbu film ssenariysi o‘zbekistonlik rejissor Yusuf Roziqovga tegishli bo‘lib, Javohir Zokirov unda uyi va oilasidan uzoqdagi Hasan ismli muhojirni jonlantiradi.

Aktyor Rossiyada, shuningdek “Ostonalar” (“Porogi”) serialida ham suratga tushdi. Bundan tashqari, O‘zbekistonda uning yangi “Baron” filmi (rejissor — Rustam Sa’diyev) yaqinda premyera qilinadi.
Всего комментариев: 0
avatar