Главная » 2016 » Январь » 26

Jo‘rabek Karimov Avstraliya Ochiq chempionatining 2-davrasidan muvaffaqiyatli o‘tdi


  • voydodaxek
  • 26 Янв 2016(16:19)
  • 333
  • 0

Avstraliyaning Melburn shahrida tennis bo‘yicha “Katta dubulg‘a” turkumiga kiruvchi Avstraliya Ochiq chempionatining o‘smirlar o‘rtasidagi bahslarida o‘zbekistonlik Jo‘rabek Karimov zafarli odimni davom ettiryapti. Bu haqda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Dastlabki davrada AQSh vakili Ezikel Klarkni 6:1, 6:3 hisobida mag‘lub etgan Jo‘rabek ikkinchi davrada gonkonglik Entoni Tangdan 6:4, 6:4 hisobida ustun keldi.

Uchinchi davrada Jo‘rabek Karimov Janubiy Koreya vakiliga qarshi kortga tushadi.

Всего комментариев: 0
avatar