Главная » 2015 » Июль » 9

Jonni Depp qaroqchilar kapitani Jek timsolida bemor bolalar uchun kutilmagan sovg‘a taqdim etdi


  • News
  • 09 Июл 2015(22:39)
  • 504
  • 0
Avstraliyaning Kvinslend shtatida suratga olinayotgan “Karib dengizi qaroqchilari”ning beshinchi qismida ishtirok etayotgan aktyor Jonni Depp Lady Cilento klinikasidagi og‘ir kasalliklardan aziyat chekayotgan bemor bolalarni qo‘llab-quvvatlashga qaror qildi. 52 yoshli aktyor filmning navbatdagi lavhasi suratga olib bo‘linganidan so‘ng, vertolyotda kichik bemorlar oldiga yo‘l oldi.

Deppning bolalar shifoxonasida paydo bo‘lishini hech kim kutmagan edi — klinika xodimlari uchun ham, bolalar uchun ham bu haqiqiy kutilmagan sovg‘a bo‘ldi. Sevimli qahramonini tirik ko‘rgan bolalar quvonchini tasavvur qilish qiyin emas: tabiiyki, ularning har biri “taniqli qaroqchi” bilan selfiga tushishga oshiqdi.

Qayd etish joiz, aktyor bemor bolalarni birinchi marta xursand qilayotgani yo‘q. “Men tez-tez shifoxonadagi bolalar oldiga kelib, bildirmay ular oldiga kiraman va kutilmagan sovg‘a taqdim etaman. Ikki yoki uch soatlik o‘ziga xos improvizatsiya yuzaga keladi, bu juda qiziq. Shunday qilib biz kapitan Jek bilan sayr qilamiz”, — degandi Depp o‘z intervyularidan birida.

Manba: Daryo.uz
loading...
Всего комментариев: 0
avatar