Главная » 2015 » Октябрь » 29

Kaliforniyadagi startap 5,9 ming dollarga “yotib ishlasa bo‘ladigan” ish stansiyasini tayyorladi


  • News
  • 29 Окт 2015(17:29)
  • 503
  • 0
Altwork kompaniyasi o‘zining ilk mahsuloti — har qanday, xususan, yotgan holda ishlash imkonini beruvchi ishchi stansiya — Altwork Station’ni taqdim etdi.

Ishlanma mualliflarining so‘zlariga ko‘ra, Altwork Station “kompyuterning faol foydalanuvchilari” — dasturchilar, dizaynerlar va yozuvchilar uchun mo‘ljallangan. Uning narxi 5,9 ming dollar, biroq kompaniya mahsulotning birinchi partiyasini 3,9 ming dollardan sotishni rejalashtirmoqda.

Ishchi stansiya bir necha holatda turishi mumkin. Xohishga ko‘ra, foydalanuvchi kompyuterdan turgan holda, qulay o‘tirib olib yoki yotib foydalanishi mumkin. Ish rejimlaridan biriga “hamkorlik” deb nom berilgan — bunda monitorni hamkasblar tomonga burib, ular bilan birga ishlash mumkin.

Sichqoncha va klaviatura sirg‘alib tushib ketmasligi uchun Altwork Station’ning stoli usti magnit bilan qoplangan. Stansiya unga o‘rnatilgan pult yordamida boshqariladi, elektrodvigatellar yordamida harakatga keltiriladi. Qurilma narxining qimmatligi sabablari — u to‘liq AQShda ishlab chiqariladi, unda murakkab muhandislik yechimlari va qimmatbaho mustahkam materiallardan foydalanilgan.
loading...
Всего комментариев: 0
avatar