Главная » 2015 » Июль » 28

Kamerun ma’murlari mamlakat shimoliga “Boko haram” bilan kurashish uchun 2 ming harbiy xizmatchini jo‘natadi


  • Admin
  • 28 Июл 2015(18:21)
  • 321
  • 0

Kamerun ma’murlari asosiy bazasi Nigeriya shimoli-sharqida joylashgan “Boko haram” guruhi jangarilari bilan kurashish uchun qo‘shimcha 2 ming nafar harbiy xizmatchini jo‘natish niyatida. Bu haqda ushbu mamlakatning davlat radiosi bergan ma’lumotga tayanib, “TASS” xabar qildi.

 

Xavfsizlik choralarining kuchaytirilishiga jangarilar shu oy Kamerun shimolidagi aholi punktlarida amalga oshirgan teraktlar turkumi sabab bo‘ldi. Masalan, o‘tgan hafta Marua shahrida ro‘y bergan portlash o‘n kishini hayotdan olib ketdi, 30 nafardan ziyod fuqaro yarador bo‘ldi.

Kamerun mudofaa vazirligida “Boko haram” keskin faollashgan mamlakat shimoliga qo‘shimcha armiya qismlari tashlangani to‘g‘risi xabarlar tasdiqladi. Mamlakat prezidenti Pol Biyya aholiga murojaat etib, ogoh bo‘lish va jangarilar bilan kurashda xavfsizlik xizmati vakillari bilan hamkorlik qilishga chaqirdi.

loading...
Всего комментариев: 0
avatar