Главная » 2016 » Февраль » 17

Kanizaning “Istiqlol” san’at saroyida to‘y o‘tkazishiga “O‘zbeknavo” ruxsat bermayapti


  • voydodaxek
  • 17 Фев 2016(12:39)
  • 566
  • 0

Kanizaning shov-shuvli o‘tishi kutilayotgan konsert dasturi, tavallud ayyomi va to‘y oqshomining banneri tayyor bo‘ldi. Bannerda Kanizani doimgidek noan’anaviy qiyofada ko‘rish mumkin, deb yozadi “Darakchi.uz”.

Nashr bo‘lajak tadbirga yana bir bor aniqlik kiritish maqsadida xonanda bilan bog‘landi.

— Kaniza konsert banneringiz ham tayyor bo‘libdi, to‘yingizni “Istiqlol” sahnasida o‘tkazish fikridan qaytmadingizmi?
— Yo‘q.

— Bunga kuyov ham rozimi?
— Ha, zo‘rg‘a rozilik berdi, ko‘ndirishim oson kechmadi.

— “O‘zbeknavo”chi?
— Shu “O‘zbeknavo” ruxsat bermayapti-da…

— Xo‘sh, unda nima qiladigan bo‘ldingiz?
— Hammasi imkoniyat darajasida bo‘ladi.

— To‘yni hamma qatori biror restoranda ham nishonlashni rejalashtirdinglarmi?
— Ha, albatta. Konsertdan so‘ng.

— Shu kunning o‘zidami?
— Yo‘q, keyinroq. Balki bu tadbirni xorijda nishonlarmiz… Buni vaqt ko‘rsatadi.

— To‘y libosingizni tanladingizmi? Qanchaga tushdi?
— Tanladim. Hozirda uni italiyalik dizayner tayyorlamoqda, narxi sir bo‘la qolsin.

loading...
Всего комментариев: 0
avatar