Главная » 2016 » Август » 20

Kemerovoda aeroportni bezash uchun mo‘ljallangan samolyotni o‘rtasidan sindirib qo‘yishdi


  • Pro_eXclusive
  • 20 Авг 2016(11:36)
  • 211
  • 0
Rossiyaning Kemerovo xalqaro aeroportida hududni bezash uchun eskisi o‘rniga o‘rnatish rejalashtirilgan samolyotni ishchilar tushirib, o‘rtasidan sindirib qo‘ydi, deya xabar bermoqda TJournal. Leonov nomidagi xalqaro aeroport egalari havo bandargohiga kirish qismini bezab turgan Yak-18 samolyoti o‘rniga MiG-21 ni o‘rnatmoqchi bo‘ldi. Ammo yangi haykalni ko‘tarishga uringan vaqtida ishchilar uni tushirib qo‘ydi: MiG-21 ni ko‘tarish chog‘ida kranning zanjiri uzilib ketdi. Samolyot esa yerga burni bilan quladi va ikkiga bo‘linib ketdi. Endi aerovokzal maydonini nima bezab turishi noma’lum, axir Yak-18 ni allaqachon demontaj qilib bo‘lishgan.

Теги:

loading...
Всего комментариев: 0
avatar