Главная » 2015 » Июль » 8

Keyingi haftada O‘zbekistonda havo harorati 44 darajagacha chiqishi kutilmoqda


  • News
  • 08 Июл 2015(20:57)
  • 576
  • 0
O‘zbekistonda keyingi haftada havo harorati ancha ko‘tarilib, 44 darajagacha yetishi kutilmoqda. Buni ob-havoni bashorat qiluvchi qator xizmatlar ma’lumotlaridan bilish mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Gidrometeorologiya xizmati markazi xabariga ko‘ra, 12—19-iyulda O‘zbekistonda havo harorati o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlaridan 4—5° ga yuqori bo‘lgan issiq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Kunduzi harorat 39—42° gacha, janubda va cho‘l hududlarda 44° gacha bo‘ladi. 12—19-iyulda haroratni yuqori bo‘lishi hisobiga Farg‘ona vodiysi janubidagi daryolar bo‘yicha sel toshqinlari o‘tishi mumkin.

Jumladan, havo harorati 12—13-iyul kunlari Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida 39—44 daraja, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida 37—42 daraja, Farg‘ona vodiysida esa 35—40 daraja issiq bo‘ladi.

“Weather.com” sayti Toshkentda 12-iyuldan boshlab havo harorati 40 darajadan yuqori bo‘lishini, jumladan 14-iyul kuni 44, 15-iyul kuni 43 darajagacha bo‘lishini ko‘rsatmoqda. Surxondaryo viloyatida 15-iyul kuni harorat 45 darajagacha chiqishi kutilmoqda.

“Yandeks.Pogoda” servisi esa 13—15-iyul kunlari O‘zbekistonning aksariyat hududlarida havo harorati 42—43 darajagacha ko‘tarilishini taxmin qilmoqda.

Manba: Daryo.uz
Загрузка...
Всего комментариев: 0
avatar