Главная » 2015 » Ноябрь » 2

Kia Optima sedani kabrioletga aylantiriladi


  • News
  • 02 Ноя 2015(22:36)
  • 484
  • 0
Kia kompaniyasi 3 noyabrda ochiladigan SEMA 2015 tyuning-shousi uchun A1A deb nomlangan navbatdagi loyihasini namoyish qildi. U o'zidan oxirgi avloddagi Kia Optima sedanining usti ochiq, ya'ni kabriolet versiyasini aks ettiradi.

Yangi avloddagi Kia Optima sedani Nyu-Yorkdagi avtosalonda aprelda ilk marta namoyish qilingan edi.

To'rt o'rindiqli to'rt eshikli kabrioletning konstruktsiyasi kuzov ostiga berkitilgan po'lat quvurlar bilan kuchaytirildi. Bundan tashqari, mashina turli tomonga ochiluvchi old va orqa eshiklar bilan ta'minlandi.

Florida A1A trassasi sharafiga nomlangan avtomobil 20 dyuymli g'ildiraklar bilan, kamaytirilgan yo'l bilan oraliq, Ksport podveskasi va intererning yangi bezagi bilan jihozlandi.

A1A Optima kabrioleti 245 ot kuchiga ega 2 litrli turbirlangan dvigatel bilan jihozlandi. Dvigatel 6 pog'onali avtomatik uzatmalar qutisi bilan birgalikda ishlaydi.

Avvalroq Kia kompaniyasi SEMA avtosaloni uchun Forte Koup kupesining yo'ltanlamas versiyasini namoyish qilgan edi. Mashina Mud Bogger deb nomlandi.

Yana bir koreys avtomobil brendi Hyundai kompaniyasi SEMA uchun 6 ta avtomobil: 2 ta 500 ot kuchiga ega dvigatelli Genesis kupesining modifikatsiyasini, Veloster xetchbeki hamda Tucson krossoverining uch variantini tayyorladi.

Теги: Kia Optima sedani kabrioletga aylan

Всего комментариев: 0
avatar