Главная » 2016 » Январь » 31

Kolumbiyada 20 ming kishi Zika bezgagi bilan kasallandi


  • voydodaxek
  • 31 Янв 2016(22:10)
  • 420
  • 0

Hozirgi kunga kelib, Kolumbiyada 20,2 mingdan ziyod Zika bezgagi bilan kasallangan odam qayd etildi va ularning 2,1 ming nafarini homilador ayollar tashkil qilmoqda. Bu haqda Janubiy Amerika mamlakatining Sog‘liqni saqlash vazirligi bergan ma’lumotlariga asosan “TASS” xabar qilmoqda.

Ayni vaqtda Kolumbiyada 48 milliondan ortiq kishi yashamoqda.

Ma’lum qilinishicha, Zika virusi 193 ta hududiy bo‘linmada aniqlanib, shundan 90 tasi mamlakatning markaziy qismida, qolgan 40 tasi Karib sohilida joylashgan.

Aedes Aegypti turidagi chivin virusning tarqalishida sababchi bo‘lib, tana haroratining ko‘tarilishi, badanning uvushishi, bosh og‘rig‘i, mushak va bo‘g‘imlarning og‘rig‘i kasallikning asosiy klinik belgilari hisoblanadi.

Oldinroq Peruda Zika virusi bilan kasallanishning ilk holati qayd etilganligi xabar qilingan edi.

Всего комментариев: 0
avatar