Главная » 2015 » Сентябрь » 23

Kompyuter geometriya bo‘yicha universitetga kirish imtihonini topshirdi


  • News
  • 23 Сен 2015(16:50)
  • 487
  • 0
AQShning Sietl shahri olimlari tomonidan ishlab chiqilgan GeoS sun’iy intellekt tizimi Amerika oliy o‘quv muassasalariga qabul qilishda abituriyentlarga havola etiluvchi geometriya bo‘yicha imtihonni topshirishga muvaffaq bo‘ldi.

Sun’iy intellekt tizimi imtihonda 800 balldan 500 ball to‘pladi. Kompyuterning natijasi 2015-yil abituriyenti to‘plagan o‘rtacha ballga teng.

“Tyuring testidan farqli ravishda SAT Reasoning Test standartlashtirilgan testi bugungi kunda bizga mashina va odamning qanday fikrlashini taqqoslash imkonini beradi”, — deb ta’kidlaydi AI2 kompaniyasi bosh direktori Oren Etsioni.
Всего комментариев: 0
avatar