Главная » 2015 » Декабрь » 3

Konserti vaqtida jahli chiqqan xonanda Botir Qodirov “Istiqlol” san’at saroyiga zarar yetkazdi


  • News
  • 03 Дек 2015(19:18)
  • 1122
  • 0
Xonanda Botir Qodirov undan so‘ramay uning oilaviy hayoti haqida kitob nashr ettirib, konserti vaqtida kitobni sotgan telejurnalistdan jahli chiqib, “Istiqlol” san’at saroyiga moddiy zarar yetkazdi.
Ma’lum bo‘lishicha, 21—23-noyabr kunlari tashkil etilgan konsertning birinchi kunida ismi oshkor etilmagan telejurnalist ayol Botir Qodirovning o‘zidan ruxsat so‘ramagan holda, uning oilaviy hayoti haqida kitob nashr ettirgan va uni konsert zali foyesida sotgan.

Jurnalist ayolning konsert zaliga o‘zi bilan nechta kitob olib kelgani noma’lum, ammo shu kitobni sotib olgan muxlislardan biri konsert jarayonida Botir Qodirovdan kitobga dastxat qo‘yib berishni so‘ragan.

“Kitobni ko‘rgan Botir Qodirovning kayfiyati tushib, jahl ustida mikrofonni tashlab, sahnani tark etgan. Keyin ham g‘azabini bosa olmay, pardozxona eshik, oynalarini sindirib, yangi o‘rnatilgan isitish moslamalarini buzib tashlagan. Natijada isitish moslamasidan suv oqib ketgan”, — deydi “Istiqlol” san’at saroyi direktori Isroil G‘ulomov.

Ushbu voqea sabab, san’at saroyi rahbariyati konsertning ikkinchi va uchinchi kunlariga jurnalistlarni kiritmaslik haqida buyruq bergan.

Теги: Konserti vaqtida jahli chiqqan xona

Всего комментариев: 0
avatar