Главная » 2015 » Декабрь » 9

Konstitutsiya kuni munosabati bilan Qo‘qonda avtobuslar aholiga bepul xizmat ko‘rsatdi


  • News
  • 09 Дек 2015(21:23)
  • 461
  • 0
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 23 yilligi munosabati bilan qo‘qonlik transportchilar munosib tuhfa tayyorladi. 8-dekabr kuni shahar aholisiga bepul transport xizmati ko‘rsatildi.

“Viloyat hokimining 2015-yil 25-noyabrdagi ‘Viloyatda umumta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o‘quvchilarini o‘quv vaqtida, yo‘nalishli avtobus va mikroavtobuslarda imtiyozli va bepul tashishni tashkil etish to‘g‘risida’gi qarori ko‘plab qo‘qonliklarni mamnun etgan edi”, — deyiladi “Sof.uz” xabarida.

Ayni kunlarda Qo‘qon shahrida 10 ta yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanayotgan korxonalar faoliyat ko‘rsatmoqda. Ularda 250 dan ziyod zamonaviy avtobuslar bor.

“Hamshaharlarimizga bayram kunida quvonchlariga sherik bo‘layotganimizdan va tekin xizmat ko‘rsatyotganimizdan xursandmiz”, — dedi “Invest trans” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari Baxtiyor Raupov. Konstitutsiya kunida “Invest trans” jamiyatiga qarashli 50 ta avtobus aholiga bepul transport xizmati ko‘rsatdi.
Всего комментариев: 0
avatar