Главная » 2015 » Июль » 28

Krasnodar o‘lkasida 7 yil avval xatolik tufayli o‘limi qayd etilgan ayol tirik deb tan olindi


  • Admin
  • 28 Июл 2015(18:22)
  • 416
  • 0

Rossiyaning Krasnodar o‘lkasi Krimskiy tumanida sud prokuraturaning da’vosini qondirib, yetti yil avval xatolik tufayli mahalliy fuqaroning o‘limi haqida yozilgan qaydlarni bekor qildi, deya xabar bermoqda“TASS” o‘lka prokuraturasi matbuot xizmatiga tayanib.

 

Tekshiruvlar ko‘rsatishicha, tuman FHDYosi 63 yoshli ayolning o‘limini 2007-yil 26-sentabrda jasad shaxsini aniqlash bayonnomasi (uni militsiya xodimlari tuzgan) asosida qayd etgan.

Ayolning o‘zi hukumatga bir necha marta murojaat qilib, tirikligini ma’lum qilgan, biroq mansabdor shaxslar unga o‘lim haqidagi dalolatnomaning bekor qilinishi faqat sud qarori asosida mumkin ekanligini aytgan.

 

 

 
loading...
Всего комментариев: 0
avatar