Главная » 2015 » Декабрь » 29

Krishtianu Ronaldu rossiyalik raqqosa qiz bilan tanishdi


  • News
  • 29 Дек 2015(22:04)
  • 649
  • 0
Madridning “Real” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu rossiyalik raqqosa Alyona Aleksandrova bilan yozishmoqda. Bu haqda rossiyalik qiz “VKontakte”dagi sahifasida ma’lum qildi.

Rossiyalik raqqosaning qayd etishicha, u jahon futboli yulduzi tomonidan berilgan e’tibordan mamnun.

Krishtianu Ronaldu qizlar bilan Instagram orqali birinchi marta tanishayotgani yo‘q. 30 yoshli futbolchi avvalroq 19 yoshli daniyalik model Mayya Darvin bilan yozishgan edi.

Qayd etish joiz, rossiyalik model Irina Sheyk bilan birgalikdagi besh yillik munosabatlari to‘xtaganidan so‘ng, Ronaldu muxlisalarining ko‘pligidan charchagani va yagona muhabbatini uchratish niyatida ekanligini ma’lum qilgandi.
Всего комментариев: 0
avatar