Главная » 2016 » Март » 9

Krishtianu Ronaldu YeChL pley-off bosqichida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchiga aylandi


  • voydodaxek
  • 09 Мар 2016(12:34)
  • 332
  • 0

Madridning “Real” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu “Roma”ga qarshi (2:0) Yevropa Chempionlar Ligasi nimchorak final javob o‘yinida maydonga tushib, musobaqaning pley-off bosqichidagi o‘yinlari sonini 57 taga yetkazdi. Bu haqda “Olamsport” xabar bermoqda.

Portugaliyalik 31 yoshli futbolchi bu borada mutlaq rekordchiga aylandi.

Taqqoslash uchun, “Barselona” sobiq yarim himoyachisi Xavi YeChL pley-off bosqichining 56 ta, “Portu” posboni Iker Kasilyas esa 55 ta uchrashuvida maydonga tushgan. Keyingi o‘rinlarda Andres Inyesta (53), Frenk Lempard (52), Lionel Messi va Viktor Valdes (51 tadan) qayd etilgan.

loading...
Всего комментариев: 0
avatar