Главная » 2015 » Октябрь » 1

Ledi Gaga “Yil ayoli” deb topildi


  • News
  • 01 Окт 2015(18:47)
  • 580
  • 0
AQShning Billboard jurnali xonanda Ledi Gagani “Yil ayoli” deb e’lon qildi. Tengrinews xabariga ko‘ra, ajabtovur xonanda mukofotni 11-dekabr kuni Nyu-Yorkda tashkil etiladigan tantanali marosimda qabul qilib oladi.

Ekspertlarning qayd etishicha, Ledi Gaga nafaqat o‘ziga xos san’atkor, balki qat’iyat, chidamlilik, mardonavorlik timsoli hamdir. Uning tomoshabop shou-dasturlari, xayriya va ma’rifatparvarlik faoliyati, yoshlar bilan olib borayotgan ishlari hamda teng huquqlilik yo‘lidagi kurashi “zamonaviy dunyodagi media-yulduz roliga yangicha nazar tashlashga undaydi”.

Qayd etish joiz, Ledi Gaga mazkur yangilik Twitter’dagi sahifasi orqali munosabat bildirishga ham ulgurdi. “Billboard meni “Yil ayoli” deb topganiga ishongim kelmayapti! Katta rahmat! Men haqiqatan ham juda, juda, juda mamnunman. Yo Xudo, qanday ajoyib tong!”, — deb yozdi xonanda ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Eslatib o‘tamiz, 2014-yili amerikalik boshqa bir xonanda — Teylor Svift “Yil ayoli” deb topilgandi. Ungacha Billboard yo‘nalishi bo‘yicha bu maqomni Beyonse, Keti Perri va Ferji qo‘lga kiritgan.
Всего комментариев: 0
avatar