Главная » 2015 » Февраль » 5

Ledy Gaga va Teylor Kinni to‘ylari uchun joy tanladi


  • Admin
  • 05 Фев 2015(21:53)
  • 480
  • 0

Gollivud aktyori Teylor Kinni Ledy Gagaga rasman turmushga chiqish taklifini bildirmagan bo‘lsa-da, u uchun unashtiruv uzugini sotib oldi va uning otasidan nikoh uchun ruxsat so‘radi, deb yozadi “Segodnya.ua”. Juftlikning do‘stlari bu yaqin orada sodir bo‘lishini xabar qilmoqda.

Ledy Gaga ham vaqtini bekor ketkazmasdan, tantanali nikoh marosimiga asta-sekinlik bilan tayyorgarlik ko‘rmoqda. Qo‘shiqchi yaqinda Malibu sohilida uy sotib oldi, nikoh bazmini o‘sha yerda uyushtirishni rejalashtirmoqda. Uning dugonalari ta’kidlashicha, to‘y shu yilning yozida bo‘lishi mumkin.

 

Всего комментариев: 0
avatar