Главная » 2016 » Август » 22

Liviya milliy kelishuv hukumati qo‘shinlari Sirtdagi masjid va qamoqxona binosini ozod qildi


  • Pro_eXclusive
  • 22 Авг 2016(12:17)
  • 186
  • 0
Liviya milliy kelishuv hukumatiga sodiq qo‘shinlar 21-avgust, yakshanba kuni IShID jangarilari otryadlari qolayotgan Sirtdagi hujum operatsiyalarini davom ettirdi, deb yozadi “TASS” armiya rasmiy vakiliga tayanib. Qo‘shin bo‘linmalari artilleriya va tanklar yordamida shaharda IShID rahbarlari va’zxonlik qilgan eng yirik masjidni hamda qamoqxona binosini ozod etishga muvaffaq bo‘ldi. Operatsiya chog‘ida hukumat kuchlarining sakkiz jangchisi halok bo‘ldi, yana 85 nafari yaralandi. Harbiylar so‘zlariga ko‘ra, Sirtning katta qismi milliy kelishuv hukumati otryadlari qo‘liga o‘tib bo‘lgan. Shu oy avvalida ular terrorchilardan shtab sifatida qo‘llanilgan “Uagadugu” anjumanlar markazi, kasalxona, qator yirik banklar binolari, mahalliy universitet shaharchasi, bir nechta yirik turar-joy dahalarini qaytarib olgan edi. IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

Теги:

Загрузка...
Всего комментариев: 0
avatar