Главная » 2015 » Декабрь » 25

Lola farzandingizga ertak aytib beradi


  • News
  • 25 Дек 2015(20:43)
  • 338
  • 0
Lola o‘zining Instagram’dagi rasmiy sahifasida tez kunlarda audio ertak yozilgan disk taqdim etishini ma’lum qildi.

“Farzandingiz aqlli, mehribon, sahiy, rahmdil bo‘lib ulg‘ayishini istasangiz unga ko‘proq ertaklar o‘qib bering. Azizlarim, siz bilan sehrli yangilikni bo‘lishishga shoshilaman. Yangi yil arafasida bolajonlarga o‘zimning ilk ‘12 oy’ (‘12 mesyatsev’) audio kitobimni taqdim etaman”, ― dedi Lola.

Audio kitob o‘zbek va rus tillarida yozilgan bo‘lib, uning taqdimoti 27-dekabr kuni bo‘lib o‘tishi ma’lum qilingan.

“Mazkur kitobni yaratishda yordam bergan Discovery do‘konlar tarmog‘iga, Sound Mastering uchun Sarvarga, musiqiy sayqal uchun Ubaydulla Karimovga minnatdorchilik bildiraman. Ovoz yozishda sabr uchun alohida minnatdorchiligimni Aleksandr Xvan va Doniyor Abdullaxonovga izhor etaman”, ― deydi ijodkor.
Загрузка...
Всего комментариев: 0
avatar