Главная » 2015 » Декабрь » 13

Lola Yo‘ldosheva: Xonandalar faoliyati qattiq nazorat ostida qolganidan afsusdaman


  • News
  • 13 Дек 2015(17:38)
  • 724
  • 0
Lola Yo‘ldosheva xonandalar faoliyati qattiq nazorat ostiga olingani, hatto Instagram’dagi shaxsiy sahifa ham nazoratga olinayotganidan afsusda ekanligini bildirdi.

“‘Shou-biznes’ atalmish kema bortidan tushib qolib, aslida bu kemada nimalar bo‘layotganini chetdan kuzatish imkoniga egaman. Faoliyatimiz juda qattiq nazorat ostida qolganidan afsusdaman”, — dedi Lola.

“Bu xuddi qushning qanotini qayirishga o‘xshaydi. Ijodkor insonni qattiq nazorat qilish imkoni yo‘q. Ahvol shu darajaga yetib boryaptiki, Instagram’dagi shaxsiy sahifa ham nazorat qilinadigan sohaga aylanmoqda”, — dedi xonanda.

“Tamom — senda shaxsiy fotosuratlaringni namoyish etish imkoni yo‘q. Endi mening shaxsiy hayotim — konsertimni bekor qilish uchun bir sabab”, — deya qo‘shimcha qildi xonanda Lola.

Ma’lumot uchun, xonandalar faoliyatini “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi nazorat qilib, tartibga soladi. Avvalroq boshqa bir xonanda — Abdulla Qurbonov “O‘zbeknavo”dan minnatdorligini bildirgan edi.

Eslatib o‘tamiz, “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi 2015-yil iyulida xonanda Lolaning litsenziyasini tugatgan. Bunga sabab bo‘lgan Lolaning shov-shuvli libosi esa kimoshdi savdosida sotilishi kutilmoqda.

Теги: Lola Yo‘ldosheva: Xonandalar faoliy

Всего комментариев: 0
avatar