Главная » 2016 » Март » 18

London kaptarlari internetga “ulanadi”


  • News
  • 18 Мар 2016(12:03)
  • 499
  • 0
Londondagi kaptarlarga internetga ulanish qurilmalari hamda shahar havosining ifloslanganlik darajasini o‘lchaydigan datchiklar joylangan ryukzaklar taqiladi. Bu Twitter, DigitasLBi va Plume Labs of Paris kompaniyalarining qo‘shma loyihasi bo‘lib, u “Kaptarlar patruli” deb nom oldi.

Loyihaning rasmiy saytida har bir kaptarning joylashgan joyini kuzatish mumkin bo‘ladi. London aholisi, shuningdek, u yerdagi ekologik muhitga qiziqqan boshqa shaharlar fuqarolari ham PigeonPatrol’ning beta-sinovchilariga aylanishi mumkin. O‘lchovlar natijalarini tashkilotchilar maxsus ochilgan Twitter-akkaunt — @PigeonAir orqali e’lon qilib boradi.

Qushlarning ryukzaklaridagi datchiklar atmosferadagi ozon va azot dioksidi darajasini aniqlash uchun mo‘ljallangan. Qurilmalar Kornuel universiteti muhandislari tomonidan yaratilgan bo‘lib, ular juda kichik vaznga ega va parvoz chog‘ida quvvat to‘playdi.

Qush parvoz etayotgan vaqtda 300 mVt ga yaqin elektr quvvati ishlab chiqariladi. Bu datchiklar quvvatlanishi uchun ham, akselerometr, simsiz resiver va xotira moduli ishini ta’minlash uchun ham yetarli bo‘ladi.

Kunning boshqa qiziqarli yangiliklarini Telegram messengeridagi Official canalimiz @VOYDODATVda kuzatib boring!
Всего комментариев: 0
avatar