Главная » 2015 » Октябрь » 26

Londonda selfi bo‘yicha birinchi jahon chempionati bo‘lib o‘tdi


  • News
  • 26 Окт 2015(13:11)
  • 806
  • 0
Jahon chempionatining 30 nafar ishtirokchisi oltita kategoriya bo‘yicha bellashdi. Ulardan to‘rttasi ijtimoiy tarmoqlarda ko‘p uchrovchi “O‘rdakcha”, “Oyna”, “Libos” va “Mashhurlik” bo‘lsa, qolgan ikkitasi o‘ziga xos kategoriyadir. Masalan, “Akula uchun o‘lja” kategoriyasi selfi akuladan ham xavfli ekanligi haqidagi ma’lumotga bag‘ishlangan.

Eng g‘alati kategoriya esa “Karen Danszuk” kategoriyasi bo‘ldi. Unga ko‘ra, ishtirokchilar o‘zini selfi qirolichasi deb e’lon qilgan jyuri a’zolaridan biri bilan eng yaxshi selfi olishi kerak edi.

Chempionatda o‘zini selfi qiroli deb e’lon qilgan Reks Nyumark g‘olib bo‘ldi. Reksning so‘zlariga qaraganda, u muntazam selfiga tushishni mashq qilib turadi, bir kunda smartfonini uch marta quvvat olishiga to‘g‘ri keladi. Endi u 1000 funt sterling va oltin selfi tayoq sohibidir.
Загрузка...
Всего комментариев: 0
avatar