Главная » 2015 » Октябрь » 24

Los-Anjelesda Keti Perri va Selena Gomesning vizajisti o‘ligi topildi


  • News
  • 24 Окт 2015(13:45)
  • 1242
  • 0
Ko‘plab kino va pop-musiqa yulduzlari bilan ishlagan vizaj ustasi Jeyk Beyli Los-Anjelesdagi kvartirasida o‘lik holda topildi. 37 yoshli Beylining murdasini uning yordamchisi topgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, o‘limga is gazidan zaharlanish sabab bo‘lgan. Bunga koroner — shubhali vaziyatda ro‘y bergan o‘lim hodisalarini o‘rganadigan maxsus ekspert aniqlik kiritadi.

Jeyk Beyli Keti Perri, Anjelina Joli, Kemeron Diaz, Merayya Keri, Selena Gomes kabi Amerika shou-biznesi vakillari bilan hamkorlik qilgan edi.
loading...
Всего комментариев: 0
avatar