Главная » 2015 » Ноябрь » 21

“Mail.ru pochta” “O‘zimga maktub” funksiyasiga ega bo‘ldi


  • News
  • 21 Ноя 2015(16:54)
  • 273
  • 0
Mail.Ru Group hisob-kitoblariga ko‘ra, foydalanuvchi har beshinchi maktubni o‘ziga jo‘natadi. Shu sabab kompaniya bu jarayonni imkon boricha soddalashtirishga qaror qildi.

“Mail.ru pochta”ning yangi versiyasida “O‘zimga maktub” funksiyasi kiritildi, u iOS’dagi “Bo‘lishmoq” panelida “O‘zimga jo‘natish” nomli yangi knopkani qo‘shadi. Uni bosib, foto, qaydlar, havolalar va shu kabi manbalarni (jumladan, boshqa dasturlardan ham) avtomatik ravishda jo‘natish mumkin. Maktub foydalanuvchi dasturga qaysi elektron manzil orqali kirgan bo‘lsa, shunga keladi.

Yangi funksiyadan iOS 8 va undan keyingilari o‘rnatilgan barcha iPhone, iPad hamda iPod touch qurilmalarida foydalanish mumkin.

Теги: “Mail.ru pochta” “O‘zimga maktub” f

Всего комментариев: 0
avatar