Главная » 2015 » Декабрь » 18

Makoley Kalkin “Uyda yolg‘iz” filmida ulg‘aygan qahramonning rolini ijro etdi


  • News
  • 18 Дек 2015(15:31)
  • 735
  • 0
Uyda yolg‘iz” filmlari turkumida bosh qahramon rolini ijro etgan aktyor Makoley Kalkin ulg‘aygan Kevin Makkallister rolini ijro etdi.

:DRYVRS veb-serialida 35 yoshli Kalkin avtomashinani boshqara olmaydigan haydovchi rolini ijro etgan. Natijada, yo‘lovchi avtomashinani boshqarishga o‘tadi va haydovchi unga o‘zining tarixini hikoya qiladi. Taksi haydovchisi o‘zini tanishtirmasa-da, u yoshligida ruhiy jarohat olganligini ma’lum qiladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, sakkiz yoshligida ota-onasi uni esdan chiqarib, Rojdestvo bayramida uyda qoldirgan va u bir hafta davomida yolg‘iz yashashga majbur bo‘lgan.

“Uyda yolg‘iz” filmining birinchi seriyasi 1990-yilda namoyish etilgan. Yetti oy davomida kartina 476,6 million dollar miqdorida daromad keltirgan. 1992-yilda esa filmning sikveli “Uyda yolg‘iz 2: Nyu-Yorkda yo‘qolgan” taqdim etilgan. Ushbu kartinalardagi bosh rolni Makoley Kalkin ijro etgan.
Всего комментариев: 0
avatar