Главная » 2015 » Декабрь » 22

Maksim Galkin ilk uchrashuvda Alla Pugachyovani qanday rom etganini ma’lum qildi


  • News
  • 23 Дек 2015(00:35)
  • 665
  • 0
Maksim Galkin samimiy intervyu berib, Alla bilan birgalikdagi turmushi va ularning ilk uchrashuvi haqida aytib berdi.

“Biz bir-birimizni sevamiz. Alla ketganda, yoki men o‘zimning gastrollarim bilan ketganimda, uyda qolgan kishi uyumizning avvalgidagidek bo‘lmay qolganligini his eta boshlaydi. Biz bir-birimizning ajralmas qismi bo‘lib qoldik va shunday bo‘ldiki bizning barcha farqli jihatlarimiz bir-biriga mos tushdi. Axir o‘rtamizda deyarli sinashish davri bo‘lmagan. Bizni taqdir uchrashtirdi. Ko‘p yillar oldin, men Allani birga raqs tushishga taklif etdim va hammasi shundan boshlandi”, ― dedi Galkin.

Shuningdek, Maksim “Biz 14 yil birgamiz va bu ajoyib. Asosiysi – biz bir-birimizdan charchamaymiz. Men uning orzusidagi erkak timsoliga javob bera oldim. Alla ko‘zoynak taqqan, aqlli va kamtarin ― xuddi menga o‘xshagan ziyolilarni sevadi”, ― deya ma’lum qildi.
loading...
Всего комментариев: 0
avatar