Главная » 2015 » Сентябрь » 29

Maksim Galkin “Vecherniy Urgant” ko‘rsatuvida o‘zbekcha gapirdi


  • News
  • 29 Сен 2015(12:57)
  • 818
  • 0
Rossiyalik parodiyachi, teleboshlovchi, kinoaktyor va qo‘shiqchi Maksim Galkin Rossiyaning Birinchi kanali orqali efirga uzatiladigan “Vecherniy Urgant” ko‘rsatuvida mehmon bo‘ldi.

Suhbat davomida Maksim Galkin turli tillar qatorida o‘zbekcha gapira olishini ham ta’kidlagan hamda o‘zbek tilida so‘zlasha olishini isbotlagan.

“Men o‘zbek tilini o‘rganganman. Men o‘zbek tilida gapiryapman. Sizlar bilan uchrashganimdan juda xursandman. Toshkent chiroyli shahar, odamlari undan ham chiroyli”, — degan Maksim Galkin.

Uning o‘zbekcha so‘zlashishidan olingan videolavhani “Myday.uz” saytining Facebook’dagi sahifasida tomosha qilishingiz mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Maksim Galkin 2014-yil Toshkentda bergan konserti davomida ham o‘zbekcha gapirgan edi.
Всего комментариев: 0
avatar